Massimo Marianella: «Bir muddat avval aytganimdek, Angliya uchligidan aynan Spens «Inter»ga eng ko'p zavq bag'ishlaydi. Unga moslashish uchun biroz vaqt kerak bo'ldi, chunki u sog'lig'idagi muammolar bilan keldi, keyin esa jarohat oldi.
Ammo o'zining sifatlari, har ikki qanotda o'ynay olishi, himoyada harakatlanib, hujumlarga qo'shila olish qobiliyati bilan u Italiyada chinakamiga muhim figuraga aylanishga qodir.
Mening fikrimcha, «Inter» ajoyib futbolchini qo'lga kiritdi. «Tottenxem» uni pul evaziga qo'yib yuborgani meni juda hayron qoldirdi, ayniqsa klubning o'zi o'ngu so'lga pul sochayotgan yozda. Shaxsan men bunday o'yinchini hech qachon qo'yib yubormagan bo'lardim.
Bu «Tottenxem»ning kelajak uchun strategik xatosi va «Inter»ning juda oqilona qarori bo'ldi, ular ajoyib futbolchini sotib olib, uni butun Italiya chempionatiga taqdim etishdi».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!