Mauritsio Sarri: «De Ketelareni Skamakka va Krstovich bilan bir xonaga qamab qo'yaman: kim tirik chiqsa — o'sha markaziy hujumchi bo'lib o'ynaydi.»
«Atalanta» bosh murabbiyi SHarl De Ketelarening markaziy hujumchi pozitsiyasida ko'proq o'ynash istagi haqida fikr bildirdi.
De Ketelare haqida: «Balki uni Skamakka va Krstovich bilan bir xonaga qamab qo'yarman, kim tirik chiqsa, o'shani markaziy hujumchi qilaman! Albatta, hazillashyapman. SHarl qaytganida gaplashib olamiz va uni yana qayerda ishlatish mumkinligini tushunib yetamiz. Ammo men Skamakka va Krstovichdan voz kecha olmayman».
Skamakka va Krstovich o'rtasidagi raqobat haqida: «Ularning o'yin vaqti deyarli teng». Sarri hujumchilar o'rtasida doimiy iyerarxiya yo'qligini ta'kidladi.
Jonatan Rou haqida: «Himoyadagi ishidan tashqari, oldingi chiziqda u jilovlanmagan ot kabi o'ynashini xohlayman».
Sarri, shuningdek, Rouning rivojlanishini Ademola Lukman bilan taqqosladi: «Keyinchalik Lukman halokatli kuchga aylandi. Rou hali yosh, uning o'sish uchun ulkan salohiyati bor».
Jakomo Raspadori haqida: «Biz o'z baholarimizni beramiz. Qarorlarni «Atalanta» jamoasining manfaatlari va rivojlanishini alohida futbolchilar manfaatidan ustun qo'ygan holda qabul qilamiz».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!