🗣️ Maykl Karrik "Hall Siti" jamoasiga qarshi bo'lajak bahs haqida fikr bildirdi:
"O'ylaymanki, odatda yuqori ligaga ko'tarilgan jamoalarda tarkib borasida ko'plab o'zgarishlar ro'y beradi.
Shu bois, ularga qarshi o'ynash har doim sinov hisoblanadi. Premer-ligaga chiqish va u bilan bog'liq barcha narsalar futbol klubi atrofida o'zgacha muhit va shijoatni yuzaga keltiradi.
Biz ham ruhiy, ham jismoniy jihatdan tayyor bo'lamiz. Biz bu o'yin nimalarni va'da qilishini va kerakli natijaga erishish uchun qanchalik yaxshi o'yin ko'rsatishimiz kerakligini bilamiz".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!