🗣️ Maykl Kerrik o'yindan so'ng:
O'yin haqida: "Hisoblayman-ki, biz bu o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak edi — g'alaba uchun imkoniyatlarimiz yetarli edi. Biz ko'plab yaxshi kombinatsiyalarni amalga oshirdik, ammo gol o'tkazib yubordik. Bu shunchaki sodir bo'ladigan gollardan biri. Menga jamoaning reaksiyasi va o'yinni qanday yakunlaganimiz juda yoqdi. Vaziyat boshqacha rivojlanishi ham mumkin edi. Oxirida deyarli g'alaba qozona yozdik. Biz g'alaba uchun kelgandik, albatta, ammo o'yinni qanday tugatganimiz — bu biz uchun ijobiy jihat. Ularning darvozaboni, u amalga oshirgan seyvlar — u o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi, biz esa ikki marta ustunni nishonga oldik. Ko'p jihatdan [bizning o'yinimiz] yaxshi edi. Bundan, shubhasiz, xulosa chiqarish kerak".
Passivlik haqida:
"Men bizni [passiv ko'ringan] deb hisoblamayman. Sizga biz passivdek ko'rindikmi? Futbol — murakkab o'yin. Birinchi bo'limda biz o'yin davomida tashabbusni nazorat qildik va bugun ko'plab yaxshi futbol ko'rsatdik. Shunday daqiqalar bo'ladiki, hamma narsa istagimizdek bo'lmaydi. Ular urgan gol — aytish mumkinki, bir vaziyatda Mateus [Kunya]ga nisbatan fol ishlatilgandi va to'p ikki marta o'yinchilardan qaytdi. Ularning omadi keldi. Butun o'yin davomida to'liq ustunlikni kutish — menimcha, bu ligada hech kimga nasib etmaydi".
Jamoaning fidoyiligidan qoniqish hosil qilgani haqida:
"Ha. Haddan tashqari ko'p narsaga berilib ketmaslik kerak. Bu birdaniga qandaydir ulkan xulosalar paydo bo'ldi degani emas. Biz yaxshiroq o'ynay olishimizni bilamiz va ba'zi jihatlarda yaxshilanishimiz kerak. Va biz yaxshilanamiz. Yaxshi belgilar bor edi va bu bizga mavsumni o'tkazishda yordam beradi".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!