Maykl Kerrik: «Mendan norozi bo'lganlarga bu klubda o'rin yo'q»
Манчестер Юнайтед ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 29

Maykl Kerrik: «Mendan norozi bo'lganlarga bu klubda o'rin yo'q»

🗣️ Maykl Kerrik «Bornmut»ga qarshi o'yin oldidan:

Klubdagi hozirgi holat haqida:
«Bu juda og'riqli, ammo bu meni to'xtata olmaydi. Biz ko'proq narsaga intilmoqdamiz. Ba'zida maqsad hali uzoqdek tuyuladi, biroq vaziyat bir zumda o'zgarishi mumkin.

Yakshanba kuni bizni juda qiyin o'yin kutib turibdi. Oson bo'lmaydi. Va agar kimdir mening bu boradagi qarashlarimni bo'lishmasa, unga bu klubda o'rin yo'q».
«Komo»dan uchralgan mag'lubiyat haqida:
«Komo» bilan o'yin dahshatli edi. Buni ko'rish menga og'riqli bo'ldi. Bunday holat yo'l qo'yilmas. Mening vazifam — muxlislar faxrlana oladigan jamoani maydonga tushirish. So'nggi paytlarda biz bu standartlardan uzoqlashdik. Men buni juda yaxshi tushunaman va allaqachon choralar ko'rmoqdaman».
Jamoa to'g'ri yo'ldan adashgani haqida:
«Ochiqchasiga aytadigan bo'lsam, biz ma'lum darajada yo'limizdan adashdik. Ammo men hammasini qaytarib, tuzata olishimizga ishonaman».
Kiyinish xonasidagi muhit haqida:
«Jamoada hech qanday bo'linish yo'q. Biz qo'limizdan keladigan eng yaxshi narsalarga qaytishimiz kerak».
Birlik va jamoaviy qadriyatlar haqida:
«Tamoyillar va qadriyatlar ham klub uchun, ham shaxsan men uchun katta ahamiyatga ega. Birlik va jamoaviy ruh jamoa asosi bo'lib qolishi kerak. Men ularni saqlab qolish uchun qo'limdan kelganini qilaman».
«Yunayted»ning talablari va g'oliblik an'analari haqida:
«Bu klub buyuk tarix va ko'plab g'alabalarga ega, ammo o'tgan yutuqlar bugungi muvaffaqiyatni kafolatlamaydi. G'alabalar og'ir mehnat, qurbonlik va to'liq fidoyilikni talab qiladi. Ba'zida o'zingga yoqmaydigan ishlarni qilishga to'g'ri keladi, lekin jamoa uchun bunga majbursan. Biz bir-birimiz uchun ishlashimiz va g'alaba qozonishimiz kerak. Aynan g'alaba qozonishimiz».
O'zini «Manchester Yunayted» uchun mos murabbiy deb bilishi haqida:
«100 foiz».
Murabbiylar almashinuvi va mumkin bo'lgan iste'fo haqida:
«Bu meni umuman qo'rqitmaydi. Men o'z tamoyillarimga, klub qadriyatlariga va qilayotgan ishlarimizga ishonaman».
Rahbariyat bilan muzokaralar va shaxsiy javobgarlik haqida:
«Biz doimiy ravishda muloqotdamiz. Mendan yuz berayotgan voqealarga reaksiya kutishmoqda. Men boshqalarni yomg'ir ostida qolmasligi uchun soyabonni ushlab turishga va o'zim yomg'ir ostida qolishga tayyorman, agar bu jamoani himoya qilishga yordam bersa. Vaziyatni to'g'rilay olishimga 100 foiz ishonchim komil».
Brunu Fernandeshning uyi o'g'irlangani haqida:
«Bu dahshatli hodisa. Biz Brunu va uning oilasini qo'llab-quvvatlash uchun qo'limizdan kelganini qilmoqdamiz».
Brunu Fernandeshning keskin izohlari haqida:
«Buni u bilan shaxsan muhokama qildimmi? Hozir bunday suhbatlar tafsilotlarini oshkor qilish vaqti emas».
Fernandeshga nisbatan intizomiy jazo qo'llanilishi mumkinligi haqida:
«Jamoa manfaatlari har doim birinchi o'rinda. Vaziyatdan qat'i nazar, men qarorlarni faqat klub uchun nima yaxshiroq ekanligidan kelib chiqib qabul qilaman».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!