🗣️ Maykl Kerrik:
Yozgi transfer oynasining natijalarga ta'siri haqida:
«G'alaba qozonishimiz kamayganining sabablari yetarlicha ko'p. Ayrimlari katta rol o'ynadi, boshqalari esa kichikroq. Men uchun vaziyat tushunarli».
Rahbariyatdan yetarlicha qo'llab-quvvatlov olmagani haqida:
«Gap qancha qo'llab-quvvatlov olganimda emas. Asosiysi — sifatli futbol ko'rsatish va g'alabalarga erishish. So'nggi paytlarda biz buni uddalay olmayapmiz».
Futbolchilarning past intensivlik va kuchsiz pressingi uchun tanqid qilinishi haqida:
«Men futbolchilarni kam yugurishda ayblashga shoshilmagan bo'lardim. Yaqindagina biz muntazam g'alaba qozonayotgan edik, endi esa hamma birdaniga faqat pressing haqida gapira boshladi.
Ammo futbol ancha murakkabroq. Pressing — bu faqat bir vosita va undan u jamoaga qanday foyda keltirishini tushungan holda foydalanish kerak.
Raqibga doimiy bosim o'tkazmasdan ham g'alaba qozonish mumkin. Ba'zida bu zarur, ba'zida esa umuman kerak emas. Hozir bu tushunchaga haddan tashqari ko'p e'tibor qaratilmoqda».
«Bornmut» bilan uchrashuv oldidan futbolchilarga bo'lgan ishonch haqida:
«Men o'z futbolchilarimga to'liq ishonaman, hech qanday shubhasiz. «Komo»ga qarshi o'yinda ko'p narsa rejamiz bo'yicha ketmadi va biz xatolarimizni juda yaxshi anglab turibmiz.
Yakshanba kuni siz boshqacha Manchester Yunaytedni ko'rasiz. Biz shunchaki mutlaqo boshqacha darajani ko'rsatishga majburmiz».
Jamoa ustidan nazoratni yo'qotgani haqida:
«Yo'q».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!