Shimoliy Irlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Maykl O'Nill Konor Bredlining tiklanishi borasida o'z fikrlarini bildirdi:
Konor men kutgan bosqichda. Men bu jarohatdan keyingi tiklanish jarayoni ba'zilar o'ylaganidan ko'ra ko'proq vaqt talab qilishini tushungan edim.
U yaxshi progress ko'rsatmoqda, ammo bunday turdagi jarohat bilan juda ehtiyotkor bo'lish kerak. Qolaversa, u yaqinda ota bo'ldi, shuning uchun hozir uning boshqa tashvishlari ham bor.
Konor tayyor bo'lganida safiga qaytadi. U formaga kiradi va biz uni yana jamoada ko'rishdan juda xursand bo'lamiz.
Agar u Rojdestvoga qadar qaytsa, bu haqiqiy bonus bo'ladi. Agar yo'q bo'lsa, u holda uni mart oyiga qadar kutamiz.
Oxirgi so'zlarni Konor umuman mart oyida qaytadi deb tushunmaslik kerak – gap birinchi navbatda terma jamoa o'yinlari haqida bormoqda.
Shunday bo'lsa-da, har qalay, biz Konor bilan bog'liq vaziyatda bir necha bor murojaat qilgan Kris Uilyams haq bo'lib chiqdi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!