Micho: «Myunxendagi o'yin men uchun alohida ahamiyatga ega»
Die Roten Bullen ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 25

Micho: «Myunxendagi o'yin men uchun alohida ahamiyatga ega»

🎙| Micho bugungi matbuot anjumanida.

...sobiq klubiga qarshi o'yin haqida:

Qanchalik sentimental eshitilmasin, bu o'yin men uchun alohida ahamiyatga ega. Men Myunxenda 12 yil yashaganman, u yerda farzandlarim dunyoga kelgan... Lekin men shunchaki g'alaba qozonishni istayman. Bunday bahsda uch ochkoni qo'lga kiritish ajoyib bo'lardi. Bu oson emas, lekin biz yaxshi o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz. Men doim aytaman, biz mag'lub bo'lish uchun bormayapmiz. Biz maydonda o'z futbol g'oyamizni ko'rsatish uchun boryapmiz. Va faqat himoyalanish uchun emas, chunki oxir-oqibat raqibda sifat bor: agar 95 daqiqa davomida himoyalansangiz, ular baribir gol urishadi. Shuning uchun biz turli fazalarda ixcham bo'lishimiz, shu bilan birga raqib darvozasiga yo'naltirilgan bo'lishimiz, vaziyatlar yaratishga intilishimiz kerak. Bu bizning maqsadimiz bo'ladi va biz buni amalga oshirishga urinib ko'ramiz.

...El-Aynaui va Niki haqida:

Nil biroz ko'proq pleymeyker. Niki esa himoya sifatlarida kuchliroq. Lekin bizga ikkalasi ham kerak. Niki uchun asosiy tarkibda kamroq maydonga tushayotgani kutilmagan hol bo'lishi mumkin, ammo men so'nggi kunlarda u bilan ko'p gaplashdim. U bizga baribir kerak bo'ladi. Ertaga maydonga tushadimi, Madridda yoki dam olish kunlarimi, Niki har doim yaxshi o'yin ko'rsatadi. U boshidan maydonga tushmasa ham, mashg'ulotlarda o'zini har doim yaxshi ko'rsatadigan o'yinchi. Jamoaga aynan shu narsa kerak. Nil jamoaga ajoyib tarzda kirishib ketdi. U turli tillarda gapiradi. Aqlli yigit. Bu jamoaning umumiy yaxshi o'yini uchun muhim.

...himoya haqida:

Bizning chiziq statistikaga ko'ra ligadagi eng yuqorilaridan biri. To'pni nazorat qilish yoki yakkakurashlarda uni olib qo'yish bizda yaxshi chiqayaptimi – bu boshqa mavzu. Raqibdagi yaxshi dribling har doim bizning pressingimizni buzadi. Lekin biz buni qanday tuzatish haqida o'ylayapmiz va yakkakurashlarda ixchamroq, agressivroq bo'lishga harakat qilamiz. Ammo oldinda vaziyatlar yaratish maqsadi eng muhimi. Yigitlar ikkita yaxshi o'yin o'tkazishdi. Nimadir o'zgartirish kerakligiga ishonchim komil emas. Maksim yosh o'yinchi sifatida ishlashda davom etishi kerak. Kone haqida ham shuni ayta olaman, uning 20 yoshi bor, oldinda uzoq karyera kutib turibdi, u bu pozitsiyada ko'p narsani o'rganishi kerak. Klosti — tajribali o'yinchi. U har kuni kelib o'z ishini bajaradi. Shuning uchun mashg'ulot qanday o'tishini ko'ramiz. Menimcha, bizdagi barcha 5 ta markaziy himoyachi asosiy tarkibda maydonga tushishga tayyor.

...klubdagi dastlabki uch oy haqida:

Men o'zimni baxtli his qilyapman, chunki asta-sekin xodimlar, o'yinchilar va shaharni ko'proq bilib boryapman. Yakshanba kuni kvartira topdim, shuning uchun o'zimni qulayroq his qilyapman. Ba'zilar o'tgan yilgi muvaffaqiyatli mavsumdan keyin bu yerga murabbiy bo'lib kelish xatarli ekanini aytishdi. Lekin bu futbol va sportdagi eng yaxshi tuyg'u – tavakkalchilikni bo'yniga olish va bosimni his qilish. Bosimdan esa ijobiy narsa sifatida foydalanish kerak: yuqoriroq konsentratsiya, yuqoriroq professionallik uchun, eng yaxshisini namoyish etish uchun. Va biz, albatta, o'yinchilar uchun har doim eng yaxshisini qilishga harakat qilamiz. Bizda yaxshi tarkib bor.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!