Migel Torres (Madrid klubining sobiq himoyachisi):
Vinisius atrofida yuz berayotgan voqealarning ko'p qismida u o'zi aybdor. U hali ham Real Madrid safida o'ynash nimani anglatishini tushunib yetmagan. Biroq, boshqa jamoalar muxlislarining ham Vinisiusga nisbatan noto'g'ri munosabatda bo'layotgani rost. Shu sababli, yuzaga kelgan vaziyatga sport adliya organlari aralashishi kerak.
Xorxe Valdano (Madrid klubi afsonasi):
Muxlislar va, albatta, Madrid murabbiylari shtabi Vinisiusni qo'llab-quvvatlamoqda. Ammo Vinisius o'z energiyasini o'yinga yo'naltirishi kerakligini anglab yetishi lozim, chunki u ajoyib futbolchi. Na o'ziga, na klubga foyda keltiradigan bahslarga kuch sarflash yaramaydi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!