— Nega «Bavariya»ga qarshi o'yinda maydonga tushishidan oldin Ezeni kuldirdingiz?
🎙️ Mikel Arteta:
«Sababi biz o'rtamizda sir bo'lib qoladi. Shu bilan tamom. Agar u qovog'ini solib, g'amgin yursa, o'ylashimcha, biz uning eng yaxshi fazilatlarini ko'ra olmaymiz. U kulganida o'zi bo'lib qoladi va o'zini erkin ifoda eta oladi. O'ylaymanki, aynan shu yo'l bilan biz uning salohiyatini to'liq ochib bera olamiz. Men bunday narsalarga ochiq bo'lish juda muhim deb hisoblayman.
O'yinchilar bilan muloqot qilib, ular nimalarni his qilayotganini tushunsak, ham futbolchilarning o'zlari o'rtasida, ham ular bilan murabbiylar shtabi o'rtasida hissiy bog'liqlikni yarata olamiz. Aynan o'shanda inson o'zining eng yaxshi tomonlarini namoyon qiladi, chunki u o'zini eshitilayotganini va tushunilayotganini his qiladi».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!