Mikel Arteta "Arsenal"ning transfer siyosati va o'yinchilarni sotish masalasiga to'xtalib o'tdi:
"Arsenal" yangi transferlarni amalga oshirishdan oldin futbolchilarni sotishi kerakmi? Bu sportdagi muvaffaqiyatlarga ham bog'liq. Yevropada qiymati, natijalari va daromadlari bo'yicha "Arsenal" kabi o'sishga erishgan boshqa klub yo'q. Bu ulkan taraqqiyot.
"Arsenal" futbolchilarni yomon sotadimi? Bu yerda yaxshi yoki yomon degan tushuncha yo'q. Hammasi qanday aktivlarga ega ekanligingiz va qanday sotuv imkoniyatlari paydo bo'lishiga bog'liq. Balki, biz o'yinchilarimizning darajasi, ularning salohiyati, shartnomalari va o'zlarining ketish istagini hisobga olsak, istisno bo'lgandirmiz.
Muammolardan biri shundaki, klub aniq bir futbolchi bo'yicha qaror qabul qilmoqchi bo'lishi mumkin, ammo o'yinchining o'zi shu yerda baxtli va qolishni istaydi. Futbolchini sotishda juda ko'p omillar mos kelishi kerak. Mening nazarimda, hammasi bunchalik oson emas".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!