Arteta sulola haqida:
"Yoz davomida qilgan barcha ishlarim chempionatda yangi g'alabaga erishish va klub uchun muvaffaqiyatli davrni boshlash uchun nimalar kerakligini tushunishga qaratilgan edi. Bizning maqsadimiz aynan shu".
Arteta "Betis"ga qarshi o'yin haqida:
"Futbol o'yinida mag'lub bo'lganimizda doimo hafsalamiz pir bo'ladi. Kurash va yakkakurashlarga kelsak, ayniqsa jarima maydonchamiz ichida va uning atrofida, yaxshi jamoani mag'lub etish uchun zarur bo'lgan darajani ko'rsata olmadik. Ba'zida mavsumoldi tayyorgarlik davrida mag'lub bo'lish foydali, chunki bu o'yinchilarga qo'shimcha motivatsiya beradi va ishlash istagini kuchaytiradi. Bunday gollarni rasmiy o'yinda o'tkazib yuborgandan ko'ra, o'rtoqlik uchrashuvida o'tkazib yuborgan ma'qul. Biz hozir qaysi bosqichda ekanligimiz, tayangan o'yinchilarimizning holati va eng yuqori darajadagi kurash talablari o'rtasidagi muvozanatni topishimiz kerak".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!