Mikel Merino: "ARSENAL — LUCHSHIY KLUB MIRA"
"Arsenal"dagi holati hamda Martin Subimendi haqida:
Men va Martin "Arsenal"dagi hozirgi holatimizni juda yaxshi tushunamiz. Mening fikrimcha, hozirda "Arsenal" — dunyodagi eng yaxshi klub va eng kuchli jamoa. Bizda juda chuqur tarkib bor, unda har bir pozitsiyada asosiy tarkib darajasidagi futbolchilar mavjud. Shu bois, o'yin vaqti olish oson emas.
Murabbiy bizga juda ishonadi va ikkalamiz ham o'zimizning hozirgi rolimizni anglab turibmiz. Mavsum uzun, hali ko'p narsa o'zgarishi mumkin. Ikkalamiz ham xotirjammiz va murabbiy imkoniyat taqdim etganida, tarkibdan joy olishga loyiq ekanligimizni maydonda isbotlash uchun bor kuchimiz bilan mashg'ulotlarni davom ettirishga ahd qilganmiz.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!