Moise Kean «Torino»ga qarshi o'yinda maydonga tushadimi? ⁉️
Imkoniyatlar past. Italiya matbuoti xabariga ko'ra, Moise Kean hali to'liq tiklanmagan va uning o'yinda ishtirok etish ehtimoli taxminan 30 foizni tashkil etadi.
🔹 Eng yaxshi holatda u qaydnomaga kiritiladi va so'nggi daqiqalarda maydonga tushishi mumkin.
🔹 Fabregas tavakkal qilmoqchi emas: Kean faqatgina to'liq tayyor bo'lsagina qaydnomaga kiritiladi.
🔹 Katta ehtimol bilan, u keyingi turda, «Venesiya»ga qarshi bahsda qaytadi.
🔴 Liberali masalasi ham ochiq qolmoqda: hammasi bugungi mashg'ulotda hal bo'ladi. Chaloba, Diao va Xesus Rodriges aniq maydonga tushmaydi.
ℹ️ Fabregasning odatiy o'yinoldi matbuot anjumani bo'lib o'tmaydi. Klub o'yin uchun qaydnomani bugun kechqurun e'lon qiladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!