«Napoli»da avvalgidek bo'lmay qolgan o'yinchilar bor. Masalan, Angissa Konte bilan skudetto yutgan yildagi holatidan ancha uzoq.
«Napoli»da avvalgidek bo'lmay qolgan o'yinchilar bor. Angissa, masalan, Konte bilan skudetto yutgan yildagi holatidan ancha uzoq. Ayni damda Maktominiy esa buning aksi. Menimcha, aynan unga sardorlik bog'ichini ishonib topshirish kerak, chunki u hech qachon taslim bo'lmaydi, u kurashadi va jamoa, «Napoli» uchun fidoyilik bilan mehnat qiladi.»
«Lukka va De Bryuyne o'rtasidagi mojaro? O'tgan mavsumdan beri ushbu ikki futbolchini diqqat bilan kuzatib boryapman. Chempionlar maydon tashqarisida ham chempion bo'lib qolishlari kerak. Biroq, natija ko'pincha fikrni o'zgartiradi va De Bryuyne yaxshi o'ynaganda, ba'zi narsalar unutiladi. Ha, Lukka omadsiz xarid bo'ldi va aniq «Napoli» darajasida emas. U ruhiy jihatdan hali yetilmagan - deyarli bola. Inson sifatida esa hech kim u haqida yomon gapirmagan. «Napoli» libosini kiyish uchun futbolchining texnik mahoratidan tashqari, kerakli kamtarlik va professionallik, axloqiy qadriyatlarga ega yigit bo'lish kerak. Kevin, nazarimda, o'zining eng yuqori cho'qqisiga chiqishi uchun ajoyib jismoniy holatda bo'lishi kerak bo'lgan va shunday bo'lib qolayotgan iqtidorli o'yinchi. Biroq, u o'zidan ko'ra jamoa va «Napoli» haqida ko'proq o'ylashi kerak. U yordam berishga va konstruktiv bo'lishga harakat qilishi lozim, destruktiv emas. Afsuski, u o'tgan yili o'z xulq-atvori bilan konstruktiv emas, balki destruktiv ekanligini ko'rsatib qo'ydi.»
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!