Nasaf ayollar jamoasi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichini birinchi o'rinda yakunladi.
O'zbekiston chempioni guruh bosqichidagi uchta uchrashuvda ikkita g'alabaga erishib, 6 ochko jamg'ardi.
Nasaf C guruhida Melburn Siti va Beijing Jingtan jamoalari bilan bir xil ochko to'plagan bo'lsa-da, o'zaro o'yinlardagi ustunligi evaziga birinchi o'rinni egalladi.
Shu tariqa, Nasaf guruh g'olibi sifatida Osiyo Chempionlar ligasining chorak final bosqichiga yo'llanma oldi.
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi jamoani ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi hamda kelgusi uchrashuvlarda omad tilaydi!
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!