Nasaf Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi
O'zbekiston chempioni ayollar o'rtasidagi Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichida munosib ishtirok etib, musobaqaning chorak finaliga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Nasaf guruh bosqichida 2 ta g'alabaga erishib, 6 ochko jamg'ardi. Ushbu natija jamoaga uchinchi o'rinni egallagan klublar orasida eng yaxshi ko'rsatkichga ega ikki jamoadan biri sifatida chorak finalga yo'l olish imkonini berdi.
Shu tariqa, Nasaf Osiyoning eng kuchli sakkiz jamoasi qatoridan joy oldi.
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Nasaf jamoasini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi hamda musobaqaning keyingi bosqichida ham omad va zafarlar tilaydi!
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!