Nataniyel Braun: «Bavariya»da asosiy maqsad – sovrinlar yutish»
Die Bayern ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 27

Nataniyel Braun: «Bavariya»da asosiy maqsad – sovrinlar yutish»

Nataniyel Braun o'zining sevimli pozitsiyasi va maydondagi kuchli tomonlari haqida:

«Menimcha, men ancha tezman, shuningdek, aqlli o'yinchiman va bular mening asosiy sifatlarim deb ayta olaman. Men deyarli hamma joyda o'ynay olaman. Menga «o'nlik» pozitsiyasida o'ynash juda yoqadi, lekin asosan chap qanot himoyachisiman, shuning uchun [mening sevimli pozitsiyam —] chap qanot himoyachisi, deb aytgan bo'lardim»

Braun «Bavariya»ni avvalgi klublaridan ajratib turadigan jihatlar haqida:

««Bavariya»da har bir o'yin mohiyatan g'alabaga qaratilgan. Raqib kim bo'lishidan qat'i nazar — «Real Madrid» yoki «PSJ». Men hali «Bavariya» safida bu jamoalarga qarshi o'ynamadim, lekin bu yerda faqat g'alaba muhimligini bilaman. Shunday ekan, ha, bu katta farq. Bu, albatta, ko'proq bosim olib keladi, lekin bu futbolning bir qismi. Menimcha, qanchalik yuqoriga ko'tarilishni istasangiz, u yerda bosim shunchalik ko'p bo'ladi. Lekin bu hayajonli»

Braun Chempionlar ligasidagi maqsadi haqida:

«Albatta, men Chempionlar ligasida imkon qadar ko'proq o'yinlarda g'alaba qozonishni istayman va yakunda hamma narsa sovrinlarni qo'lga kiritishga borib taqaladi. Mening maqsadim shu: «Bavariya» bilan eng yirik sovrinlarni yutish»

Nega «Bavariya» bu mavsumda sovrinni uyga olib kela oladi?

«Chunki bizning tarkibimizda shunchaki aqlbovar qilmas darajada sifat bor. Bizda bir nechta juda yaxshi individual o'yinchilar bor, lekin eng muhimi — biz ajoyib jamoamiz. Hamma borini beradi, hamma jamoadoshlari uchun xursand bo'ladi va o'ylaymanki, jamoaviy ruhimiz, sifatimiz va umuman butun shtab — nafaqat murabbiylar, balki jamoani o'rab turgan barcha insonlar — har kuni har bir o'yinchi «Bavariya» uchun bor kuchini sarflashini anglatadi»
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!