Neftchi mashg'ulotlarga qaytdi: Yovovich va Siger safda
FC NEFTCHI ↗ ●●●●● Umumiy 👁 7

Neftchi mashg'ulotlarga qaytdi: Yovovich va Siger safda

Asosiy tarkib navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Nazorat uchrashuvidan so‘ng bir kunlik qisqa hordiq chiqargan asosiy tarkib futbolchilarimiz bugun yana mashg‘ulotlarga qaytdi. Jamoamiz navbatdagi muhim bellashuvga tayyorgarlik jarayonini yuqori kayfiyat va jiddiy yondashuv bilan davom ettirmoqda.

Quvonarlisi, jarohatini to‘liq davolab, safga qaytgan tajribali futbolchilarimiz — Vladimir Yovovich va Boyan Siger umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilib, jamoadoshlari bilan birgalikda to‘laqonli shug‘ullanishdi. 🔙

Bugungi ertalabki mashg‘ulotlarda asosiy e’tibor futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi, chidamliligi va texnik mahoratini yanada takomillashtirishga qaratildi. Mashg‘ulot davomida futbolchilar yuqori tempda ishlagan holda, murabbiylar shtabi tomonidan berilgan barcha topshiriqlarni katta mas’uliyat va intizom bilan bajardilar.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!