Neftchi klubi vakillari Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) tomonidan tashkil etiladigan AFC Champions League Elite 2026/27 musobaqasi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etish uchun Malayziyaning Kuala-Lumpur shahriga yetib bordi.
Klub nomidan ushbu tadbirlarda ijrochi direktor Zohidjon G‘ofurov, matbuot kotibi Saidafzal Abdullayev hamda klub xalqaro bo‘limi vakili Nurillo Subhonov ishtirok etadi.
17-avgust kuni musobaqada ishtirok etuvchi klublar vakillari uchun maxsus Club Workshop — klublar seminari o‘tkaziladi. Seminar davomida ishtirokchi klublarga OFK musobaqalarini o‘tkazish tartibi va talablari bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi. Jumladan:
musobaqa haqida umumiy ma’lumotlar; uchrashuvlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi; hakamlik; xavfsizlik masalalari; tijoriy tadbirlar; translyatsiya jarayonlari; stadion tablosida namoyish etiladigan ma’lumotlar; media tadbirlar; VAR va futbol texnologiyalari; tibbiyot va anti-doping masalalari; AFCAS — OFK musobaqalarini boshqarish platformasidan foydalanish tartibi.
Shuningdek, seminarda AFC Champions League Elite 2026/27 liga bosqichi qur’asi qanday tamoyillar asosida o‘tkazilishi ham tushuntiriladi. 18-avgust kuni esa AFC Champions League Elite 2026/27 liga bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Neftchi’ning Osiyoning eng nufuzli klublar musobaqasidagi raqiblari aynan shu qur’a natijasida aniqlanadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!