OAV: Arda Guler "Real Madrid" asosiy tarkibida o'ynashga loyiq
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 5

OAV: Arda Guler "Real Madrid" asosiy tarkibida o'ynashga loyiq

📻 A. Blanko (Radio Marca jurnalisti): "Guler "Madrid" asosiy tarkibida mutlaqo daxlsiz futbolchi bo'lishi kerak. Texnikasi, o'yinni ko'ra bilishi va kreativligi bo'yicha u jamoadagi boshqa futbolchilardan yaqqol ajralib turadi. Guler — mutlaqo o'ziga xos iqtidor"

📻 Kintana (Radio Marca jurnalisti): "Guler "Madrid" yarim himoyachisidan kutiladigan texnika, zarba va o'yinni ko'ra bilish qobiliyatiga ega. Ammo unda yarim himoyachi uchun zarur bo'lgan, kamroq tilga olinadigan xarakter ham bor. Aynan shu sababli, uning ko'proq mas'uliyatni o'z zimmasiga olib, jamoani ortidan ergashtirishi faqat vaqt masalasidir"

📝 Rodra (ESPN muxbiri): "Guler — hozirgi "Madrid" uchun haqiqiy baraka va vohadir. Vinisius bilan jamoa aylangan cho'l o'rtasidagi bir qultum suv"

📻 A. Lopes (Onda Cero jurnalisti): "Madrid"ga yarim himoyada sifat shunchalik yetishmayaptiki, jamoa raqiblar ustidan ustunlik qila olmayapti"

Gerrero ("Atletik" sobiq futbolchisi va Onda Cero eksperti): "Madrid"ga Diomandega qaraganda Guler ko'proq kerak. Jamoaga to'p nazorati zarur"

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!