📻 A. Blanko (Radio Marca jurnalisti): "Mourinyo "Madrid"ning optimal tarkibini topdi. Valverde o'ng qanot himoyachisi, Diomande chap qanot hujumchisi, shuningdek, Bernardu va Gyulerning turli chiziqlardagi harakati bilan "Real Madrid" uyg'un, tizimli va raqobatbardosh jamoa sifatida ko'rinmoqda.
Hozirda "qaymoqranglilar" so'nggi ikki mavsumdagi eng yaxshi formasida,"
📰 Ortega (El Confidencial jurnalisti): "Ko'rinishidan, Mourinyo "Madrid"ning optimal asosiy tarkibini topib bo'ldi. Jamoaning aniq kuchli tomonlari, yashirin zaifliklari va ajoyib formada bo'lgan futbolchilari bor.
Progres "Madrid"ning to'psiz o'yinida so'nggi bir yarim oy ichida shunchaki aqlbovar qilmas darajada. Futbolchilar hatto o'ylash uchun yarim soniya ham sarflashmayapti — ular xuddi bo'rilar kabi darhol to'pni olib qo'yishga intilishmoqda. Jamoaning pressing, himoyalanish va ixchamlikni saqlashdagi fidoyiligi hayratlanarli. Shunchaki bravo!
📝 Rodra (ESPN muxbiri): "Hozirgi "Real Madrid" juda yetuk jamoa taassurotini qoldirmoqda"
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!