💥 Sulsher Norvegiya matbuotiga "MYu" va Kerrik bilan bo'lgan muzokaralar haqida gapirib berdi:
"Men "Yunayted" bilan gaplashganimda, Mayklni ham maqtaganman. Men: "Agar uni tanlasangiz, yaxshi insonni qo'lga kiritasiz", degandim. O'ylayman-ki, u ham men haqimda xuddi shunday fikr bildirgan".
Mayklda bu klubni oldinga yetaklash uchun kerakli barcha narsa bor. O'ylayman-ki, u aynan kerakli odam. U klubni tushunadi, muxlislarni tushunadi va bu yerda nima talab qilinishini biladi.
Tashqaridan qaraganda unda bu "shayton" ko'rinmasligi mumkin. Ammo u unda bor, xuddi menda bo'lganide. Biz u bilan nihoyatda o'xshashmiz.
"MYu"dagi vaqtim. Fantastik lahzalar bo'lgan, ammo har narsaning o'z vaqti bor.
Ha, men buni sog'inyapman. U yerda abadiy qolishimni tasavvur qila olardim, ammo hayot davom etadi.
Bu juda o'zgacha davr edi. Shubhasiz. Ko'p jihatdan o'zgacha".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!