Olivye Jiru Canal+ nashriga bergan intervyusida «Chelsi»ga o'tishidan oldin Dortmundning «Borussiya» klubiga o'tish imkoniyati bo'lgani haqida gapirib berdi:
Jen [rafiqasi] homilador edi; u 2018-yil 25-yanvarda ko'z yordi. U menga shunday dedi: «Agar meni boshqa davlatga, Germaniyaga, qolaversa, Dortmundga ko'chib o'tishga majbur qilsang, seni o'ldiraman».
O'sha paytda bu faoliyatimdagi tabiiy qadam [«Chelsi»ga o'tish] edi. O'sha vaqtdagi eng yaxshi ikki klub — ham Premer-ligada, ham Yevropada — bu «Chelsi» va «Manchester Siti» edi. Yakunda hammasi ko'ngildagidek bo'ldi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!