O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini boshladi. Vakillarimiz musobaqaning 1-turida Filippin ayollar terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, 1:1 hisobida durang qayd etdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limi terma jamoamiz ustunligida o‘tdi. Futbolchilarimiz bir qator xavfli vaziyatlar yaratgan bo‘lsa-da, tanaffusga qadar hisob ochilmadi.
Ikkinchi bo‘limning 80-daqiqasida Mehribon Egamberdiyeva gol urib, O‘zbekiston terma jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq 89-daqiqada Natali Kollins javob golini kiritib, muvozanatni tikladi.
Shu tariqa Kotrina Kulbite boshchiligidagi O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini durang bilan boshladi.
Terma jamoamiz guruh bosqichidagi navbatdagi uchrashuvini 17-sentabr kuni Xitoy terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!