O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo o‘yinlarining 1-turida Filippin bilan durang o‘ynadi. Navbatdagi bahs Xitoyga qarshi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini boshladi. Vakillarimiz musobaqaning 1-turida Filippin ayollar terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, 1:1 hisobida durang qayd etdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limi terma jamoamiz ustunligida o‘tdi. Futbolchilarimiz bir qator xavfli vaziyatlar yaratgan bo‘lsa-da, tanaffusga qadar hisob ochilmadi.
Ikkinchi bo‘limning 80-daqiqasida Mehribon Egamberdiyeva gol urib, O‘zbekiston terma jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq 89-daqiqada Natali Kollins javob golini kiritib, muvozanatni tikladi.
Shu tariqa Kotrina Kulbite boshchiligidagi O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini durang bilan boshladi.
Terma jamoamiz guruh bosqichidagi navbatdagi uchrashuvini 17-sentabr kuni Xitoy terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Ayollar o'rtasidagi Osiyo Chempionlar ligasi 2-turida Nasaf o'z maydonida Xitoyning Beijing Jingtan klubiga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.
Ayollar o'rtasidagi Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqichi 2-turida Nasaf jamoasi Xitoyning Beijing Jingtan klubiga qarshi maydonga tushdi.
Qarshida bo'lib o'tgan uchrashuvda Xitoy klubi 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Nasaf tarkibidagi yagona golga Mehribon Egamberdiyeva mualliflik qildi.
Shu tariqa, dastlabki turda Avstraliyaning Melbourne City jamoasini mag'lub etgan qarshiliklar musobaqadagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Nasaf ikki tur yakuniga ko'ra 3 ochkoga ega.