Nasaf Ayollar Chempionlar ligasida Beijing Jingtan klubiga imkoniyatni boy berdi
Ayollar futboli ↗ ●●●●● Natijalar 👁 22

Nasaf Ayollar Chempionlar ligasida Beijing Jingtan klubiga imkoniyatni boy berdi

Ayollar o'rtasidagi Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqichi 2-turida Nasaf jamoasi Xitoyning Beijing Jingtan klubiga qarshi maydonga tushdi.

Qarshida bo'lib o'tgan uchrashuvda Xitoy klubi 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Nasaf tarkibidagi yagona golga Mehribon Egamberdiyeva mualliflik qildi.

Shu tariqa, dastlabki turda Avstraliyaning Melbourne City jamoasini mag'lub etgan qarshiliklar musobaqadagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Nasaf ikki tur yakuniga ko'ra 3 ochkoga ega.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!