🫠 Luka Koleosho son qismidagi jarohat sababli taxminan 10 kunga safdan chiqdi. Shu tariqa, o'yinchi "Monako"ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi, shuningdek, "Oser"ga qarshi safar o'yinida ham maydonga tushmasligi mumkin.
Mavsum boshidan buyon ham "Pari FK", ham Mali terma jamoasi safida katta yuklamalar bilan o'ynagan Adama Kamara (son orqa qismi mushaklaridagi noqulaylik) dushanba kuni MRT tekshiruvidan o'tdi. Uning safga qaytish muddatlari hozircha noma'lum, ammo u seshanba va chorshanba kunlari mashg'ulotlarda qatnashmadi, shu bois uning "Monako"ga qarshi o'yindagi ishtiroki katta so'roq ostida. Tizza paylaridagi yallig'lanish sababli "Lans" bilan o'yinni o'tkazib yuborgan Samir Shergi bilan ham vaziyat shunday.
"Lans"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborgan Xamari Traore mashg'ulotlarga qaytdi. Xuddi Ilan Kebbal kabi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!