Paris FC futbolchilari Mali terma jamoasiga chaqirildi
Paris FC futbolchilari Lassin Sinayoko, Amari Traore va Adama Kamara Mali terma jamoasiga chaqiruv olishdi.
Bir yo'la 3 nafar "Parij" futbolchisi bitta terma jamoaga yo'l olmoqda!
Lassin Sinayoko, Amari Traore, Adama Kamara va sobiq futbolchi Alimani Gori. Ularning barchasi sentyabr-oktyabr oylaridagi o'rtoqlik o'yinlari uchun Mali terma jamoasiga chaqirildi.
Kamara va Gori uchun bu xalqaro maydonda o'zini ko'rsatish uchun ilk imkoniyat, bunga qadar ikkalasi ham Fransiya fuqaroligi ostida o'ynab kelishgan.