Pep Gvardiola «Bundesliga Magazine»ga bergan intervyusida «Bavariya» va Germaniyadagi faoliyati haqida so'zlab berdi:
Pep Gvardiola:
«O'sha vaqtda men bu yerda aynan orzu qilgan narsamni topgandim. «Bavariya» - murabbiy, futbolchilar yoki xodimlardan qat'i nazar, doimo eng yuqori darajada ishlaydigan klub. Bu haqiqatan ham o'zgacha klub. Meni nemis stadionlaridagi muhit, shuningdek, Germaniyada qanday hujum qilishlari va himoyalanishlari hayratda qoldirdi. Bu tajriba menga keyingi faoliyatim uchun ham ko'p narsa berdi: sizning mentalitetingiz, o'zingizga bo'lgan ishonchingiz, o'z pozitsiyangizni aniq himoya qila olishingiz va futbolda «siyosat»ga qanchalik kam yo'l qo'yilishi. Meni, shuningdek, siz muxlislarga ko'rsatadigan hurmat va muxlislarning futbolchilarga bo'lgan hurmati ham ta'sirlantirdi. Yana shuni ta'kidlash kerakki, «Bavariya» kabi klub bajargan ishim uchun menga minnatdor bo'ldi. Bu meni haqiqatan ham to'lqinlantirib yubordi»
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!