«Roma» yana bir bor Pierluidji Gollinisiz qolish xavfi ostida.
Darvozabon belidagi muammolar sababli «Manchester Yunayted»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborgandi, uning ertangi «Sassuolo» bilan bahsga qadar safga qaytishi esa tobora kamayib bormoqda.
Trigoriyada og'riqni kamaytirish va posbonni o'yinga tayyorlash uchun og'riqsizlantiruvchi ukol qilish imkoniyati ham ko'rib chiqilmoqda. Biroq, hozircha prognozlar pessimistik bo'lib qolmoqda. Gollinining ahvoli yaxshilanmoqda, ammo noxush hislar hali to'liq yo'qolmagan. Tibbiy shtab terma jamoalar o'yinlari uchun tanaffusdan oldingi so'nggi bahsda uning sog'lig'ini xavf ostiga qo'yish kerakmi yoki yo'q, shuni hal qilishi kerak.
Agar Gollini yana o'ynay olmasa, «jallorossi» darvozasini yana Devis Vaskes qo'riqlaydi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!