Pierluiji Gollini «Sassuolo»ga qarshi o'yinda ishtirok eta olmaydi
Pierluiji Gollini belidagi og'riqlar sababli «Sassuolo»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi. Darvozani Devis Vaskes qo'riqlaydi.
Pierluiji Gollini bugungi «Sassuolo»ga qarshi o'yinda maydonga tusha olmaydi.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, «Manchester Yunayted» bilan o'yingacha bezovta qilgan belidagi og'riqlar o'tib ketmagan, shu sababli darvoza yana Devis Vaskesga ishonib topshiriladi. Bu kolumbiyalik posbonning 16 oylik tanaffusdan so'ng A Seriyaga qaytishi bo'ladi: uning so'nggi uchrashuvi 2025-yil 25-may kuni «Empoli» — «Verona» bahsida bo'lib o'tgan edi.