Pierluiji Gollini bugungi «Sassuolo»ga qarshi o'yinda maydonga tusha olmaydi.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, «Manchester Yunayted» bilan o'yingacha bezovta qilgan belidagi og'riqlar o'tib ketmagan, shu sababli darvoza yana Devis Vaskesga ishonib topshiriladi. Bu kolumbiyalik posbonning 16 oylik tanaffusdan so'ng A Seriyaga qaytishi bo'ladi: uning so'nggi uchrashuvi 2025-yil 25-may kuni «Empoli» — «Verona» bahsida bo'lib o'tgan edi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!