Valid Cheddira "Frosinone"ga o'tmoqda
Jurnalist Janluka Di Marsio xabariga ko'ra, "Napoli" hujumchisi Valid Cheddira "Frosinone"ga o'tishga yaqin turibdi.
Jurnalist Janluka Di Marsio xabariga ko'ra:
Latsio klubi so'nggi bir necha soat ichida faollashdi va bitimni taxminan 3,5 million yevro hamda bonuslar evaziga yakunladi. "Napoli" shuningdek, Cheddira kelajakdagi sotuvidan foiz oladi. Shu tariqa, "Frosinone" raqobatchilarni ortda qoldirdi.
Marokashlik futbolchi faqat A Seriyada o'ynashni istaydi va shu sababli "Verona" hamda "Piza" takliflarini rad etdi.