«Roma» Devis Vaskesni UEFA Chempionlar ligasi uchun qaydnomaga kiritishga qaror qildi.
Kolumbiyalik darvozabon oyog'i barmog'i singani sababli bir oydan ortiq muddatga safdan chiqqan Mile Svilarni vaqtincha almashtiradi.
Ushbu qadam UEFA reglamentiga muvofiq amalga oshirildi. Qoidaga ko'ra, klub jarohat 30 kundan kam bo'lmagan muddatga cho'zilsa, «A ro'yxati»dagi darvozabonni vaqtincha almashtirishi mumkin. «Roma» ushbu imkoniyatdan foydalanib, yevrokuboklarda Pyerluidji Gollini bilan birga Vaskesni ham tarkibga qo'shib qo'ydi.
Kolumbiyalik posbon Svilarning jarohatidan so'ng tarkibga qaytarilgan va «Komo»ga qarshi safar o'yini uchun qaydnomaga kiritilgandi. Endi esa navbatdagi qadam tashlandi: Vaskes Chempionlar ligasida o'ynash huquqini qo'lga kiritadi va asosiy darvozabon safga qaytguniga qadar Golliniga muqobil variant bo'ladi.
Almashtirish vaqtincha xarakterga ega: Svilar sog'ayib, o'yin formasini tiklaganidan so'ng, u yevrokuboklar qaydnomasiga qaytishi va Vaskesning o'rnini egallashi mumkin.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!