Pirs Morgan "Manchester Yunayted"ni keskin tanqid qildi
Манчестер Юнайтед ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 29

Pirs Morgan "Manchester Yunayted"ni keskin tanqid qildi

😡 Pirs Morgan jamoaning navbatdagi mag'lubiyatidan so'ng "Manchester Yunayted"ni keskin tanqid qildi.

Britaniyalik jurnalist futbolchilarning "Chelsi" bilan o'yindan keyin muxlislar qarshisida uzr so'ragani va Brunu Fernandeshning ko'z yoshlarini tiya olmagani aks etgan kadrlardan g'azabda.

🗣 "Go'daklardek yig'lashni bas qiling, kechirim so'rashni to'xtating! Erkaklardek harakat qiling va nihoyat o'yinlarda g'alaba qozonishni boshlang!"

O'yindan so'ng jamoa hamma narsani to'g'ri bajargani, biroq vaziyat qarshi chiqqanini aytgan Maykl Kerrikka ham gap tegdi.

Morgan murabbiyni voqelikdan uzilib qolgan va vaziyatni boshqara olmaydigan shaxs deb atadi.

🗣 "Yunayted"ga psixoterapevt emas, Konte kabi yirtqich kerak!"
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!