PSJ Abde Ezzalzuli transferiga qiziqish bildirmoqda
Банда Антони ↗ ●●●●○ Transfer 👁 27

PSJ Abde Ezzalzuli transferiga qiziqish bildirmoqda

Sport xabariga ko'ra, PSJ Xvicha Kvaratsxeliyaga o'rinbosar sifatida Abde Ezzalzuli transferiga qiziqish bildirmoqda. Gruziyalik futbolchi bir necha oyga safdan chiqqan.

«Real Betis» o'z marokashlik vingeri uchun kamida 55 million yevro talab qilmoqda.

«Barselona» esa futbolchining keyingi transferidan 20 foiz ulushga ega. Agar kelishuv shu narxda amalga oshsa, kataloniyaliklar 11 million yevro ishlab olishi mumkin.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!