Rafael Nadalning "Real Madrid" direktorlar kengashiga kirishi bo'yicha ekspertlar fikri
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 21

Rafael Nadalning "Real Madrid" direktorlar kengashiga kirishi bo'yicha ekspertlar fikri

📻 Onda Cero jurnalistlari va ekspertlarining Rafael Nadalning "Real Madrid" direktorlar kengashiga kirishi haqidagi muloqoti:

X. Rodriges: "Nadal "Real Madrid" direktorlar kengashiga shunchaki emas, balki o'rganish uchun kirdi. Peres o'rniga klub rahbari lavozimiga undan ko'ra munosibroq nomzod bormi?! Men Nadalni haqiqatan ham "Real Madrid"ning bo'lajak prezidenti sifatida ko'ryapman".

Serrano: "Nadalning kelishi — bu ajoyib transfer. Yagona shubham shundaki, Nadal o'zi nimalarga qo'l urayotganini tushunyaptimi? Men saylovda Nadalga ovoz bergan bo'lardim, lekin uni "Real Madrid" prezidenti kreslosida tasavvur qila olmayapman".

Segurola: "Nadal "Real Madrid" rahbari bo'lishiga ishonmayman. Peres uchun bu juda yaxshi va shov-shuvli axborot bahonasi, xolos. Florentino ketganidan keyin hokimiyatni topshirish jarayoni haqiqiy sinov bo'ladi. Va men Nadalda Peresning vorisini ko'rmayapman".

Pidal: "Nadal 2031-yilgacha "Real Madrid" prezidenti bo'la olmaydi".

Esteban: "Nadalning "Real Madrid" direktorlar kengashiga kiritilishi — Peresning ajoyib yurishi".

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!