Real Madrid 3001 yevro miqdorida jarimaga tortilishi mumkin
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 11

Real Madrid 3001 yevro miqdorida jarimaga tortilishi mumkin

📰 AS xabariga ko'ra, Zo'ravonlikka qarshi kurash komissiyasi "Real Madrid" klubini 3001 yevro miqdorida jarimaga tortishni taklif qildi. Bunga "Santyago Bernabeu" stadionida "Bu futbol emas. Bu Tebas va Negreyra" yozuvi tushirilgan bannerni stadionga olib kirishga yo'l qo'yilgani sabab qilib ko'rsatilgan.

Komissiya o'z qarorini "nazorat choralari yetarli emasligi va tomoshabinlar kirishini tekshirishda kamchiliklar bo'lgani, bu esa bannerning oldindan ogohlantirishsiz hamda uning o'tga chidamli materialdan tayyorlanganini tasdiqlovchi sertifikatsiz stadionga olib kirilishiga va namoyish etilishiga yo'l qo'ygan" deya asoslagan.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!