Real Madrid Asensio bilan bog'liq intizomiy ish ochdi
ZZoneRM ↗ ●●●●● Umumiy 👁 23

Real Madrid Asensio bilan bog'liq intizomiy ish ochdi

Cope xabariga ko'ra, "Real Madrid" Asensio nisbatan intizomiy ish ochdi. Bunga futbolchining mast holatda avtomobil boshqargani va bu "o'yinchining mas'uliyatsiz xatti-harakati tufayli klub imidjiga putur yetkazgani" sabab bo'lgan.

"Qirollik klubi" 16-avgust kuni yuz bergan hodisa tafsilotlarini o'rganib chiqadi. Shundan so'ng, "Madrid" ichki reglamentiga muvofiq himoyachiga nisbatan yirik jarima yoki boshqa turdagi jazo choralarini qo'llaydi.

Shu bilan birga, manba ta'kidlashicha, Asensio klubning o'ziga 14 400 yevro miqdoridagi jarima va 8 oyga haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgani haqida xabar bergan.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!