Pikon (sobiq Relevo jurnalisti): "Real Madrid" va "Leypsig" Diomande transferi bo'yicha kelishuvga erishishga yaqinlashmoqda. Bitim ikki omil sababli kechikdi:
Nemis klubi vinger uchun so'ralayotgan narxni bosqichma-bosqich oshirib bordi [130-140 million yevrogacha], shu sababli transfer qiymati "qaymoqranglilar"ning dastlabki kutganidan oshib ketdi;
Agentlarga to'lanadigan komissiya pullari. Bu birinchi navbatda Diomandening sobiq vakillariga tegishli.
Ivuarli futbolchining "Real Madrid"ga o'tishi hech qachon barbod bo'lish xavfi ostida qolmagan bo'lsa-da, yuzaga kelgan qiyinchiliklar tomonlar o'rtasidagi muzokaralarni cho'zib yubordi.
📰 Marca xabariga ko'ra, ertaga "Real Madrid" Diomandening transferini rasman e'lon qilishi mumkin.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!