Real Madrid Diomande transferi bo'yicha muzokaralarni jadallashtirmoqda
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 12

Real Madrid Diomande transferi bo'yicha muzokaralarni jadallashtirmoqda

📺 Sky Sport jurnalisti Plettenberg xabariga ko'ra, Real Madrid Diomande transferini yakunlash uchun bor imkoniyatlarini ishga solmoqda. Shu sababli, Madrid klubi va Leyptsig o'rtasidagi muzokaralar qizg'in pallada.

Madriddagilar 19 yoshli vingerning klubga o'tishidan oldin tibbiy ko'rikdan tezroq o'tishini va uning Leyptsig bilan Avstriyadagi mavsumoldi yig'iniga borishiga yo'l qo'ymaslikni istashmoqda. Vaziyat ijobiy tomonga rivojlanmoqda. Kelgusi 24 soat ushbu bitimda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lishi mumkin.

🖥 The Athletic (Kortegana) ma'lumotiga ko'ra, Madrid klubi Diomande transferini shu hafta yakunlashi kutilmoqda. Bugun madridliklarning Leyptsig bilan futbolchi borasida yangi muzokaralari bo'lib o'tadi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!