Real Madrid forvardining AS nashriga bergan intervyusi: ikkinchi qism
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 8

Real Madrid forvardining AS nashriga bergan intervyusi: ikkinchi qism

"Qirollik klubi" forvardining AS nashriga bergan intervyusining ikkinchi qismi.

"Kim bilan maydonda yaxshiroq til topishaman: Vinisius yoki Bellingem bilanmi? Ular mutlaqo har xil futbolchilar. O'yinning ayrim jihatlarida Bellingem yaxshiroq, boshqalarida esa Vinisius yoki Gyuler, yana boshqalarida esa Braim, Diomande yoki Espi... Espi bu mavsumda ko'p gollar uradi. U tug'ma to'purar".
"Bernabeu"dagi muxlislar hushtaklari? Bular "Madrid"ning talablari. Men muxlislarning noroziligini tushunaman, chunki jamoa ikki yildan beri yirik sovrinlarni yutmayapti. Muxlislar bundan charchashdi. Ammo hozir bizga yana sovrinlarni qo'lga kiritish uchun bir tanu bir jon bo'lib harakat qilishimiz kerak".
"Men barcha turnirlarda g'alaba qozonishga motivatsiyalanganman. O'zimda hali bo'lmagan sovrinlarni yutishni va avval yutganlarimni yana qo'lga kiritishni istayman. Aynan shu narsa uchun har kuni ertalab uyg'onaman".
"Barselona"ning mavsumdagi ajoyib starti? Bu ular uchun yaxshi. Ammo men raqiblar haqida gapirishni yoqtirmayman. Hozir "Barselona" g'alaba qozonmoqda, biroq mavsum endi boshlandi".
"Oltin to'p"mi? Men bu yil o'zim uchun sovrin da'vogari bo'lishga yetarli darajada muvaffaqiyatli bo'lganini aytgandim. Ammo ovoz berish natijasi menga bog'liq emas. Mening vazifam — jamoadoshlarimga yordam berish, 100 foiz kuch bilan o'ynash va hakamlar hay'ati a'zolarini menga ovoz berishga ishontirish. [AS direktori XFDga murojaat qilib] Siz ham ovoz berasiz, to'g'rimi (kuladi)?!
Birinchi navbatda men "Oltin to'p"ni "Madrid" uchun yutmoqchiman. Sovrin dunyoning eng yaxshi klubiga — "Bernabeu"ga, madridistlar huzuriga qaytishini istayman. "Madrid" futbolchisi bo'lish — barcha mumkin bo'lgan sovrinlar uchun kurashishni anglatadi. "Oltin to'p" ham shulardan biri, shuning uchun men uni "Madrid"ga qaytarish uchun kurashaman.
Agar men "Oltin to'p"ga katta ahamiyat bersam, bu jamoaviy sovrinlar men uchun kamroq ahamiyatli degani emas. Bu narsalar bir-biri bilan chambarchas bog'liq. Biz, futbolchilar, "Madrid"ni hamma narsadan ustun qo'yamiz. "Madrid"ning g'alabasi — bizning asosiy ustuvorligimiz. Ular har qanday shaxsiy munosabatlar, shaxsiy ambitsiyalar va boshqa barcha narsalardan muhimroq".
"Diomande? Birinchi kundanoq biz uning qanday sifatlarga ega ekanligini ko'rdik. Odamlar uning 140 million yevrolik narxi va boshqa narsalar haqida gapirishmoqda. Ammo Yan allaqachon "Madrid"da o'ynash uchun kerakli barcha narsaga ega ekanligini ko'rsatib qo'ydi. Biz uni ortiqcha bosimdan himoya qilishga harakat qilamiz".
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!