Real Madrid JCH-2030 finalini o'z stadionida o'tkazmoqchi
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 15

Real Madrid JCH-2030 finalini o'z stadionida o'tkazmoqchi

📰 AS xabariga ko'ra, "Real Madrid" JCH-2030 finali aynan "Santyago Bernabeu" stadionida o'tkazilishini istamoqda.

Yaqinda bo'lib o'tgan uchrashuvda "qaymoqranglilar" FIFA delegatsiyasiga o'z pozitsiyasini aniq yetkazishdi:

Stadionni hatto oltindan ham qurish mumkin, ammo tadbirlarni tashkil etishni ham bilish kerak. Biz bu borada eng yaxshisimiz.
Shu tariqa, "Madrid" rahbariyati "Bernabeu"da keng ko'lamli tadbirlarni, jumladan, NFL o'yinlarini o'tkazish bo'yicha o'z tajribasini alohida ta'kidlab o'tdi.

Shu bilan birga, FIFA hali JCH-2030 finali o'tkaziladigan joy borasida yakuniy qarorga kelgani yo'q.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!