Real Madrid jurnalistlari Mourinyudan tarkibda o'zgarishlar kutmoqda
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 28

Real Madrid jurnalistlari Mourinyudan tarkibda o'zgarishlar kutmoqda

📻 Valentin (Radio Marca jurnalisti, "Madrid" sosiosi): "Sizningcha, joriy mavsumdagi eng yaxshi "Real Madrid"ni aynan Valverde o'ng qanot himoyachisi pozitsiyasida o'ynagan, Endrik va Espi hujum chizig'ida bo'lgan, Vinisius zaxirada qolgan hamda markazda Tchuameni — Valverde bog'lamasi bo'lmagan paytda ko'rganimiz tasodifmi?! Yo'q, bu tasodif emas!

"Madrid"ning ikkinchi bo'limdagi barcha 3 ta goli burchak zarbalaridan so'ng kiritildi. Ammo dastlabki tarkib bilan jamoa ehtimol bu burchak zarbalarini ham ishlamagan bo'lardi. "Roma"ga qarshi o'yin Mourinyu uchun burilish nuqtasi bo'lishi kerak".

📝 Navarrete (jurnalist, "Madrid" muxlisi): "Roma"ga qarshi o'yin Mourinyuga jiddiy o'zgarishlar kiritish uchun ideal bahona berdi. Hamma hamma narsani ko'rdi. O'zingga imkon ber, Mourinyu!"

📝 Rodra (ESPN muxbiri): "Mening nazarimda, "Roma" bilan o'yin mutlaqo hamma narsani ko'rsatib berdi. Umuman hamma narsani. Agar ko'rganlaridan so'ng Mourinyu o'zgarishlarga qo'l urmasa, bu ham o'z-o'zidan ko'p narsani anglatadi".

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!