📰 AS: Eder Militaoning safga qaytishi bilan "Real Madrid"da markaziy himoya chizig'i borasida xotirjamlik hukm surmoqda.
Klubdagilar endilikda ularning ixtiyorida ushbu pozitsiyani yopa oladigan jahon darajasidagi to'rtta markaziy himoyachi bor deb hisoblashadi. Bundan tashqari, jamoa har bir o'yinga qarab markaziy himoyachilarning turli xil kombinatsiyalaridan foydalanish imkoniyatiga ega.
Shuningdek, "Real Madrid"da jarohatidan tiklanishda davom etayotgan Marko Asensioning imkoniyatlariga ham to'liq ishonishmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!