Real Madrid Mbappe atrofidagi vaziyat bo'yicha bayonot berdi
ZZoneRM ↗ ●●●●● Umumiy 👁 6

Real Madrid Mbappe atrofidagi vaziyat bo'yicha bayonot berdi

📰 L'Équipe xabariga ko'ra, "Madrid"da Kilian Mbappe ayrim OAV va muxlislar tomonidan unga qarshi uyushtirilgan kampaniya qurboni bo'lgan deb hisoblashmoqda. Shu sababli "qirollik klubi" hujumchining Parijga safari rahbariyat bilan kelishilganini aniq tushuntirib o'tdi.

Bundan tashqari, klubda Mbappening hozirgi jismoniy holati Valdebebasdagi klub bazasida shug'ullanish yoki odatiy fizioterapiya kursidan o'tishga imkon bermayotgani ta'kidlanmoqda.

Fransiyalik futbolchi, murabbiylar va tibbiyot shtabi o'rtasida uning tizza jarohatidan tiklanishi uchun individual reja kelishib olingan. Mbappega hozirgi vaqtda yagona tavsiya — dam olish.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!