📻 Segurola (Onda Cero jurnalisti): "Real Madrid boshqa klublardan ortda qoldi, chunki bir muddat avval madridliklar futbol boshqa yo'nalishda — intensivlik tomon harakatlanmoqda deb qaror qilishdi. Aynan shu sababli "Madrid" Kamavinga va Tchuamenini tarkibga qo'shib oldi.
Biroq futbol avvalgi yo'nalishda — texnika va to'p bilan ishlash sifati tomon rivojlanishda davom etdi.
M. Torres (sobiq "Madrid" himoyachisi): "Menda shunday taassurot qoldiki, bu mavsumda "Real Madrid" o'tgan yilgidek o'ynashda davom etmoqda.
Jamoa raqib darvozasi oldidagi xavfli vaziyatlarni amalga oshirishda ajoyib ko'rsatkichga ega. Ammo "Madrid" o'yin jarayonini raqib jarima maydonchasida ustunlik qilganidek nazorat qila olmayapti.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!