Uch oydan ortiq vaqt o'tgach, «Madrid» prezidentligiga sobiq nomzod Rikelmening saylovoldi kampaniyasi uchun ochilgan ijtimoiy tarmoq sahifasida post paydo bo'ldi.
Qisqa videoanons quyidagi izoh bilan joylandi: «Bizni birinchi o'ringa qo'yadigan narsamiz birlashtiradi. Sen tayyormisan?»
Radio Marca xabariga ko'ra, Rikelme «Santyago Bernabeu» yaqinida madridistlar uchun muloqot markazini ochadi. U yerda sosioslar o'z fikr va takliflari bilan o'rtoqlashishlari mumkin.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!