Fabrisio Romano xabariga ko'ra, "Real Madrid" Kurtua bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha og'zaki kelishuvga erishish arafasida. 34 yoshli darvozabon "qaymoqranglilar" safida 2027/28 yilgi mavsumda ham to'p suradi.
"Real Madrid" Gyuler bilan shartnomani uzaytirish masalasini allaqachon hal qilgan. Klubga 21 yoshli yarim himoyachi bilan yangi bitim imzolanganini rasman e'lon qilish qoldi.
O'tgan yozda "Aston Villa", "Roma" va "Milan" Endrikni ijaraga olishga qiziqish bildirgandi. "Liverpul" ham 20 yoshli hujumchini o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqqan, ammo yakunda klub hech qanday rasmiy taklif bilan chiqmagan.
Peres, madridliklarning boshqa rahbarlari va Mourinyu Endrikni boshqa jamoaga qo'yib yuborishdan bosh tortishdi. "Madrid"da braziliyalik futbolchini jamoaning daxlsiz o'yinchisi deb hisoblashadi.
Ayni damda Endrik butunlay "Madrid"ga diqqatini qaratgan. Uning kelajagi yanvar oyida qayta ko'rib chiqiladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!